Xalq ta’limi vazirligi maktablarni qo‘llab-quvvatlashda faol hokimliklar reytingini e’lon qildi

0 204

Olmazor tumani xalq ta’limi sohasiga qo‘shimcha mablag‘ ajratish miqdori bo‘yicha Toshkent shahridagi tumanlar reytingida so‘nggi o‘rinni egalladi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Foto: “Podrobno.uz”

Xalq ta‘limi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, reytingning so‘nggi uch o‘rnini Bektemir (har bir o‘quvchiga 983 so‘m),  Olmazor (har bir o‘quvchiga 3023 so‘m), Yakkasaroy (har bir o‘quvchiga 41013 so‘m) tumanlari egalladi.

Nashrning qayd etishicha, Bektemir tumani poytaxtdagi eng kichik ma’muriy birlik bo‘lib, hududda faqatgina 5 ta maktab faoliyat yuritadi. Shuning uchun Olmazor tumani poytaxtning boshqa yirik tumanlari orasida xalq ta’limi sohasiga mablag‘ ajratish bo‘yicha eng nofaoli hisoblanadi.

O‘ziga xos reytingda tizimga maglag‘ ajratish bo‘yicha yetakchilik Mirobod (har bir o‘quvchiga 142 532 so‘m), Sergeli (80 078 so‘m), Shayxontohur (79 333 so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati