MUZEY HAQIDA

Muzey dastavval 1990 yil 13 dekabr Xalk deputatlari ijroiya qoʻmitasining № 30/ 263 sonli karoriga asosan Sirdaryo viloyati Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, Sirdaryo viloyat Hokimining 12.03.2014 yil № 103-sonli qarori bilan Sirdaryo viloyati Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi muzeyi nomini Sirdaryo viloyati oʻlkashunoslik muzeyi deb oʻzgartirildi va yuridik maqom berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi “2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 975-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017 yil 31 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi davlat muzeylarining toifalarini belgilash toʻgʻrisida”gi 496-sonli buyrugʻi hamda Sirdaryo viloyati hokimining 2018-yil 19 yanvardagi № 37-sonli qarori Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining 2018 yil 22 yanvardagi 3-sonli, 2018 yil 31 iyuldagi 57-sonli buyruqlari bilan Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining tasdiqlangan Nizomiga asosan Sirdaryo viloyati oʻlkashunoslik muzeyi Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga aylantirildi.